Oyatlar
كُلُّ نَفۡسٖ ذَآئِقَةُ ٱلۡمَوۡتِۗ وَنَبۡلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَٱلۡخَيۡرِ فِتۡنَةٗۖ وَإِلَيۡنَا تُرۡجَعُونَ
Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.
Al-Anbya 21:35
وَلَنَبۡلُوَنَّكُم بِشَيۡءٖ مِّنَ ٱلۡخَوۡفِ وَٱلۡجُوعِ وَنَقۡصٖ مِّنَ ٱلۡأَمۡوَٰلِ وَٱلۡأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَٰتِۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّـٰبِرِينَ
Albata, Biz sizlarni bir oz qo`rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.
ٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَٰبَتۡهُم مُّصِيبَةٞ قَالُوٓاْ إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيۡهِ رَٰجِعُونَ
Ular musiybat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar.
أُوْلَـٰٓئِكَ عَلَيۡهِمۡ صَلَوَٰتٞ مِّن رَّبِّهِمۡ وَرَحۡمَةٞۖ وَأُوْلَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُهۡتَدُونَ
Ana o`shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o`shalar hidoyat topganlardir
Al-Baqarah 2:155–157
كُلُّ نَفۡسٖ ذَآئِقَةُ ٱلۡمَوۡتِۖ ثُمَّ إِلَيۡنَا تُرۡجَعُونَ
Har bir jon o`limni totajakdir. So`ngra Bizgagina qaytarilursiz.
Al-'Ankabut 29:57
وَلَا تَقُولُواْ لِمَن يُقۡتَلُ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمۡوَٰتُۢۚ بَلۡ أَحۡيَآءٞ وَلَٰكِن لَّا تَشۡعُرُونَ
Allohning yo`lida qatl bo`lganlarni «o`liklar» demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz.
Al-Baqarah 2:154
كُلُّ مَنۡ عَلَيۡهَا فَانٖ
(Er) yuzidagi barcha jonzot foniydir.
وَيَبۡقَىٰ وَجۡهُ رَبِّكَ ذُو ٱلۡجَلَٰلِ وَٱلۡإِكۡرَامِ
Ulug`lik va ikrom egasi Robbingning O`zigina boqiydir.
Ar-Rahman 55:26–27
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ
Robbing seni tark qilgani yo`q, senga g`azab ham qilgani yo`q
Ad-Duhaa 93:3
هُوَ يُحۡيِۦ وَيُمِيتُ وَإِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ
U tiriltirur va o`ldirur va Ungagina qaytarilursiz.
Yunus 10:56
فَسُبۡحَٰنَ ٱلَّذِي بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيۡءٖ وَإِلَيۡهِ تُرۡجَعُونَ
Bas, barcha narsaning tom egaligi qo`lida bo`lgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar
Ya-Sin 36:83
قُلۡ هُوَ ٱلَّذِي ذَرَأَكُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَإِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ
Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, ko`paytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga to`planursizlar».
Al-Mulk 67:24
Arabcha matn: Tanzil.net. Ma’nolar tarjimasi: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Bu oyatlarni qulflangan ekranga qanday chiqarish mumkin
- Quran Widget ilovasini App Store yoki Google Play’dan o‘rnating.
- Ilovani oching va «Yaqinni yo'qotish» holatini tanlang.
- «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing.
- Vidjet har kuni «Yaqinni yo'qotish» ichidan bitta kartochka ko‘rsatadi — telefonni har olganingizda ko‘z oldingizda bir oyat turadi.
Obunasiz o‘zingiz tanlagan bitta holat ochiq; Premium qolganlarini ochadi.
Quran Widget iPhone va Android’da bir xil ishlaydi: holatni tanlang, vidjet uning oyatlarini ko‘rsatadi. Android versiyasida holatlarning o‘z ro‘yxati bor, shuning uchun ayrim nomlar farq qiladi.
Savol-javoblar
Quran Widget «Yaqinni yo'qotish» ichida birinchi qaysi oyatni ko‘rsatadi?
Al-Anbya 21:35: «Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.»
Bu oyatlarni qulflangan ekranga chiqarsa bo‘ladimi?
Ha. iPhone’da Quran Widget’da «Yaqinni yo'qotish»ni tanlang va «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing — u kuniga bitta kartochka ko‘rsatadi. Android’da Quran Widget’da holatni tanlang va oyat vidjetini bosh ekranga qo‘shing — u shu holatning oyatlarini ko‘rsatadi.
Bu yerda kimning tarjimasi keltirilgan?
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma’nolar tarjimasi, arabcha matn — Tanzil.net. Bular ilovaning o‘zi ko‘rsatadigan matnlar.
Yangilangan: 2026-11-20