Oyatlar
وَجَزَـٰٓؤُاْ سَيِّئَةٖ سَيِّئَةٞ مِّثۡلُهَاۖ فَمَنۡ عَفَا وَأَصۡلَحَ فَأَجۡرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلظَّـٰلِمِينَ
O`monlikning jazosi o`z mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.
Ash-Shuraa 42:40
وَمَا خَلَقۡنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضَ وَمَا بَيۡنَهُمَآ إِلَّا بِٱلۡحَقِّۗ وَإِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَأٓتِيَةٞۖ فَٱصۡفَحِ ٱلصَّفۡحَ ٱلۡجَمِيلَ
Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen go`zal shaklda yuz o`gir.
Al-Hijr 15:85
وَلَا تَسۡتَوِي ٱلۡحَسَنَةُ وَلَا ٱلسَّيِّئَةُۚ ٱدۡفَعۡ بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ فَإِذَا ٱلَّذِي بَيۡنَكَ وَبَيۡنَهُۥ عَدَٰوَةٞ كَأَنَّهُۥ وَلِيٌّ حَمِيمٞ
Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo`lmas. Sen yaxshilik bo`lgan narsa ila daf' qil. Ko`ribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa xuddi sodiq do`stdek bo`lur
Fussilat 41:34
۞قَوۡلٞ مَّعۡرُوفٞ وَمَغۡفِرَةٌ خَيۡرٞ مِّن صَدَقَةٖ يَتۡبَعُهَآ أَذٗىۗ وَٱللَّهُ غَنِيٌّ حَلِيمٞ
Yaxshi so`z va kechirish ortidan ozor keladigan sadaqadan ko`ra yaxshiroqdir. Va Alloh G`aniy va Haliym Zotdir
Al-Baqarah 2:263
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي ٱلسَّرَّآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَٱلۡكَٰظِمِينَ ٱلۡغَيۡظَ وَٱلۡعَافِينَ عَنِ ٱلنَّاسِۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ
Ular yengillikda ham, og`irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g`azabini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir.
Ali 'Imran 3:134
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّ مِنۡ أَزۡوَٰجِكُمۡ وَأَوۡلَٰدِكُمۡ عَدُوّٗا لَّكُمۡ فَٱحۡذَرُوهُمۡۚ وَإِن تَعۡفُواْ وَتَصۡفَحُواْ وَتَغۡفِرُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٞ رَّحِيمٌ
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir
At-Taghabun 64:14
۞عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجۡعَلَ بَيۡنَكُمۡ وَبَيۡنَ ٱلَّذِينَ عَادَيۡتُم مِّنۡهُم مَّوَدَّةٗۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٞۚ وَٱللَّهُ غَفُورٞ رَّحِيمٞ
Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir
Al-Mumtahanah 60:7
وَٱصۡبِرۡ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهۡجُرۡهُمۡ هَجۡرٗا جَمِيلٗا
Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.
Al-Muzzammil 73:10
وَلَا يَأۡتَلِ أُوْلُواْ ٱلۡفَضۡلِ مِنكُمۡ وَٱلسَّعَةِ أَن يُؤۡتُوٓاْ أُوْلِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَٱلۡمَسَٰكِينَ وَٱلۡمُهَٰجِرِينَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِۖ وَلۡيَعۡفُواْ وَلۡيَصۡفَحُوٓاْۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغۡفِرَ ٱللَّهُ لَكُمۡۚ وَٱللَّهُ غَفُورٞ رَّحِيمٌ
Sizlardan fazl va boylik egasi bo`lganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yo`lida muhojir bo`lganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, o`tib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag`firat qilishini xush ko`rmaysizlarmi?! Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir
An-Nur 24:22
Arabcha matn: Tanzil.net. Ma’nolar tarjimasi: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Bu oyatlarni qulflangan ekranga qanday chiqarish mumkin
- Quran Widget ilovasini App Store yoki Google Play’dan o‘rnating.
- Ilovani oching va «Xafagarchilik» holatini tanlang.
- «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing.
- Vidjet har kuni «Xafagarchilik» ichidan bitta kartochka ko‘rsatadi — telefonni har olganingizda ko‘z oldingizda bir oyat turadi.
Obunasiz o‘zingiz tanlagan bitta holat ochiq; Premium qolganlarini ochadi.
Quran Widget iPhone va Android’da bir xil ishlaydi: holatni tanlang, vidjet uning oyatlarini ko‘rsatadi. Android versiyasida holatlarning o‘z ro‘yxati bor, shuning uchun ayrim nomlar farq qiladi.
Savol-javoblar
Quran Widget «Xafagarchilik» ichida birinchi qaysi oyatni ko‘rsatadi?
Ash-Shuraa 42:40: «O`monlikning jazosi o`z mislidek yomonlikdir. Kim afv etib isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zot zolimlarni sevmas.»
Bu oyatlarni qulflangan ekranga chiqarsa bo‘ladimi?
Ha. iPhone’da Quran Widget’da «Xafagarchilik»ni tanlang va «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing — u kuniga bitta kartochka ko‘rsatadi. Android’da Quran Widget’da holatni tanlang va oyat vidjetini bosh ekranga qo‘shing — u shu holatning oyatlarini ko‘rsatadi.
Bu yerda kimning tarjimasi keltirilgan?
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma’nolar tarjimasi, arabcha matn — Tanzil.net. Bular ilovaning o‘zi ko‘rsatadigan matnlar.
Yangilangan: 2026-11-20