Oyatlar
قُل لَّن يُصِيبَنَآ إِلَّا مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَنَا هُوَ مَوۡلَىٰنَاۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ
Sen: «Bizga Alloh yozib qo`ygan narsadan o`zgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo`minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt
At-Tawbah 9:51
وَمَا لَنَآ أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى ٱللَّهِ وَقَدۡ هَدَىٰنَا سُبُلَنَاۚ وَلَنَصۡبِرَنَّ عَلَىٰ مَآ ءَاذَيۡتُمُونَاۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُتَوَكِّلُونَ
Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yo`limizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar.
Ibrahim 14:12
وَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱلۡحَيِّ ٱلَّذِي لَا يَمُوتُ وَسَبِّحۡ بِحَمۡدِهِۦۚ وَكَفَىٰ بِهِۦ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًا
Va barhayot, o`lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o`ta xabardor bo`lishda Uning O`zi kifoyadir.
Al-Furqan 25:58
وَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ وَكِيلٗا
Va faqat Allohga tavakkal qil. Vakillikka Alloh kofiydir.
Al-Ahzab 33:3
وَيَرۡزُقۡهُ مِنۡ حَيۡثُ لَا يَحۡتَسِبُۚ وَمَن يَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسۡبُهُۥٓۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمۡرِهِۦۚ قَدۡ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَيۡءٖ قَدۡرٗا
Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir
At-Talaq 65:3
إِنَّمَا ٱلۡمُؤۡمِنُونَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتۡ قُلُوبُهُمۡ وَإِذَا تُلِيَتۡ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتُهُۥ زَادَتۡهُمۡ إِيمَٰنٗا وَعَلَىٰ رَبِّهِمۡ يَتَوَكَّلُونَ
Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina mo`minlardir.
Al-Anfal 8:2
إِنِّي تَوَكَّلۡتُ عَلَى ٱللَّهِ رَبِّي وَرَبِّكُمۚ مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلَّا هُوَ ءَاخِذُۢ بِنَاصِيَتِهَآۚ إِنَّ رَبِّي عَلَىٰ صِرَٰطٖ مُّسۡتَقِيمٖ
Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lmish Allohga tavakkal qildim. Har bir o`rmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim to`g`ri yo`ldadir
Hud 11:56
وَقَالَ يَٰبَنِيَّ لَا تَدۡخُلُواْ مِنۢ بَابٖ وَٰحِدٖ وَٱدۡخُلُواْ مِنۡ أَبۡوَٰبٖ مُّتَفَرِّقَةٖۖ وَمَآ أُغۡنِي عَنكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَيۡءٍۖ إِنِ ٱلۡحُكۡمُ إِلَّا لِلَّهِۖ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُۖ وَعَلَيۡهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُتَوَكِّلُونَ
U: «Ey o`g`illarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman. Hukm qilish faqat Allohning O`ziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», – dedi
Yusuf 12:67
فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَقُلۡ حَسۡبِيَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَۖ عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُۖ وَهُوَ رَبُّ ٱلۡعَرۡشِ ٱلۡعَظِيمِ
Bas, yuz o`girib ketsalar, sen: «Menga Allohning O`zi yetarli. Undan o`zga ibodatga sazovor Zot yo`q, Unga tavakkal qildim, U ulug` arshning Robbisidir», – degin.
At-Tawbah 9:129
۞وَمَن يُسۡلِمۡ وَجۡهَهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ وَهُوَ مُحۡسِنٞ فَقَدِ ٱسۡتَمۡسَكَ بِٱلۡعُرۡوَةِ ٱلۡوُثۡقَىٰۗ وَإِلَى ٱللَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ
Kim go`zal amallarni qilguvchi bo`lgan holida Allohga yuz tutsa, batahqiq, u ishonchli arqonni mahkam tutibdi. Ishlarning oqibati faqat Allohga qaytur
Luqman 31:22
وَمَا ٱخۡتَلَفۡتُمۡ فِيهِ مِن شَيۡءٖ فَحُكۡمُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبِّي عَلَيۡهِ تَوَكَّلۡتُ وَإِلَيۡهِ أُنِيبُ
«Biror narsada ixtilof qilsangiz, uning hukmi Allohdadir. Ana o`sha Alloh Robbimdir. Ungagina tavakkal qildim va ungagina qayturman.»
Ash-Shuraa 42:10
وَلِلَّهِ غَيۡبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِ وَإِلَيۡهِ يُرۡجَعُ ٱلۡأَمۡرُ كُلُّهُۥ فَٱعۡبُدۡهُ وَتَوَكَّلۡ عَلَيۡهِۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعۡمَلُونَ
Osmonlaru yerning g`aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g`ofil emasdir
Hud 11:123
Arabcha matn: Tanzil.net. Ma’nolar tarjimasi: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Bu oyatlarni qulflangan ekranga qanday chiqarish mumkin
- Quran Widget ilovasini App Store yoki Google Play’dan o‘rnating.
- Ilovani oching va «Tavakkul» holatini tanlang.
- «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing.
- Vidjet har kuni «Tavakkul» ichidan bitta kartochka ko‘rsatadi — telefonni har olganingizda ko‘z oldingizda bir oyat turadi.
Obunasiz o‘zingiz tanlagan bitta holat ochiq; Premium qolganlarini ochadi.
Quran Widget iPhone va Android’da bir xil ishlaydi: holatni tanlang, vidjet uning oyatlarini ko‘rsatadi. Android versiyasida holatlarning o‘z ro‘yxati bor, shuning uchun ayrim nomlar farq qiladi.
Savol-javoblar
Quran Widget «Tavakkul» ichida birinchi qaysi oyatni ko‘rsatadi?
At-Tawbah 9:51: «Sen: «Bizga Alloh yozib qo`ygan narsadan o`zgasi zinhor yetmaydi. U bizning xojamizdir. Mo`minlar Allohgagina tavakkal qilsinlar», – deb ayt»
Bu oyatlarni qulflangan ekranga chiqarsa bo‘ladimi?
Ha. iPhone’da Quran Widget’da «Tavakkul»ni tanlang va «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing — u kuniga bitta kartochka ko‘rsatadi. Android’da Quran Widget’da holatni tanlang va oyat vidjetini bosh ekranga qo‘shing — u shu holatning oyatlarini ko‘rsatadi.
Bu yerda kimning tarjimasi keltirilgan?
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma’nolar tarjimasi, arabcha matn — Tanzil.net. Bular ilovaning o‘zi ko‘rsatadigan matnlar.
Yangilangan: 2026-11-20