Oyatlar
إِنَّ مَعَ ٱلۡعُسۡرِ يُسۡرٗا
Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.
Ash-Sharh 94:6
وَيَرۡزُقۡهُ مِنۡ حَيۡثُ لَا يَحۡتَسِبُۚ وَمَن يَتَوَكَّلۡ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسۡبُهُۥٓۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمۡرِهِۦۚ قَدۡ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَيۡءٖ قَدۡرٗا
Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir
At-Talaq 65:3
۞وَمَا مِن دَآبَّةٖ فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ رِزۡقُهَا وَيَعۡلَمُ مُسۡتَقَرَّهَا وَمُسۡتَوۡدَعَهَاۚ كُلّٞ فِي كِتَٰبٖ مُّبِينٖ
Yer yuzida o`rmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.
Hud 11:6
وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٖ لَّا تَحۡمِلُ رِزۡقَهَا ٱللَّهُ يَرۡزُقُهَا وَإِيَّاكُمۡۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ
O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir
Al-'Ankabut 29:60
وَفِي ٱلسَّمَآءِ رِزۡقُكُمۡ وَمَا تُوعَدُونَ
Va osmonda rizqingiz hamda sizga va'da qilinayotgan narsa (bor).
Adh-Dhariyat 51:22
إِن يَنصُرۡكُمُ ٱللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمۡۖ وَإِن يَخۡذُلۡكُمۡ فَمَن ذَا ٱلَّذِي يَنصُرُكُم مِّنۢ بَعۡدِهِۦۗ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلۡيَتَوَكَّلِ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ
Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g`olib keluvchi yo`q. Agar sizni tashlab qo`ysa, Undan o`zga kim ham yordam berar edi. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.
Ali 'Imran 3:160
ٱلشَّيۡطَٰنُ يَعِدُكُمُ ٱلۡفَقۡرَ وَيَأۡمُرُكُم بِٱلۡفَحۡشَآءِۖ وَٱللَّهُ يَعِدُكُم مَّغۡفِرَةٗ مِّنۡهُ وَفَضۡلٗاۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٞ
Shayton sizga faqirlikni va'da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O`zidan mag`firat va fazlni va'da qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir
Al-Baqarah 2:268
قُلۡ إِنَّ رَبِّي يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ مِنۡ عِبَادِهِۦ وَيَقۡدِرُ لَهُۥۚ وَمَآ أَنفَقۡتُم مِّن شَيۡءٖ فَهُوَ يُخۡلِفُهُۥۖ وَهُوَ خَيۡرُ ٱلرَّـٰزِقِينَ
Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir»
Saba 34:39
فَتَقَبَّلَهَا رَبُّهَا بِقَبُولٍ حَسَنٖ وَأَنۢبَتَهَا نَبَاتًا حَسَنٗا وَكَفَّلَهَا زَكَرِيَّاۖ كُلَّمَا دَخَلَ عَلَيۡهَا زَكَرِيَّا ٱلۡمِحۡرَابَ وَجَدَ عِندَهَا رِزۡقٗاۖ قَالَ يَٰمَرۡيَمُ أَنَّىٰ لَكِ هَٰذَاۖ قَالَتۡ هُوَ مِنۡ عِندِ ٱللَّهِۖ إِنَّ ٱللَّهَ يَرۡزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيۡرِ حِسَابٍ
Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go`zal o`stirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mehrobga kirganida, uning huzurida rizq ko`rdi. U: «Ey Maryam, senga bu qayerdan», – dedi. «Bu, Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga behisob rizq berur», – dedi
Ali 'Imran 3:37
إِنَّ رَبَّكَ يَبۡسُطُ ٱلرِّزۡقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقۡدِرُۚ إِنَّهُۥ كَانَ بِعِبَادِهِۦ خَبِيرَۢا بَصِيرٗا
Albatta, Robbing rizqni kimga xohlasa, keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko`rguvchi Zotdir.
Al-Isra 17:30
تُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَتُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِۖ وَتُخۡرِجُ ٱلۡحَيَّ مِنَ ٱلۡمَيِّتِ وَتُخۡرِجُ ٱلۡمَيِّتَ مِنَ ٱلۡحَيِّۖ وَتَرۡزُقُ مَن تَشَآءُ بِغَيۡرِ حِسَابٖ
Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o`likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o`likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga behisob rizq berursan», deb ayt
Ali 'Imran 3:27
Arabcha matn: Tanzil.net. Ma’nolar tarjimasi: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Bu oyatlarni qulflangan ekranga qanday chiqarish mumkin
- Quran Widget ilovasini App Store yoki Google Play’dan o‘rnating.
- Ilovani oching va «Pul yetishmasligi» holatini tanlang.
- «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing.
- Vidjet har kuni «Pul yetishmasligi» ichidan bitta kartochka ko‘rsatadi — telefonni har olganingizda ko‘z oldingizda bir oyat turadi.
Obunasiz o‘zingiz tanlagan bitta holat ochiq; Premium qolganlarini ochadi.
Quran Widget iPhone va Android’da bir xil ishlaydi: holatni tanlang, vidjet uning oyatlarini ko‘rsatadi. Android versiyasida holatlarning o‘z ro‘yxati bor, shuning uchun ayrim nomlar farq qiladi.
Savol-javoblar
Quran Widget «Pul yetishmasligi» ichida birinchi qaysi oyatni ko‘rsatadi?
Ash-Sharh 94:6: «Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.»
Bu oyatlarni qulflangan ekranga chiqarsa bo‘ladimi?
Ha. iPhone’da Quran Widget’da «Pul yetishmasligi»ni tanlang va «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing — u kuniga bitta kartochka ko‘rsatadi. Android’da Quran Widget’da holatni tanlang va oyat vidjetini bosh ekranga qo‘shing — u shu holatning oyatlarini ko‘rsatadi.
Bu yerda kimning tarjimasi keltirilgan?
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma’nolar tarjimasi, arabcha matn — Tanzil.net. Bular ilovaning o‘zi ko‘rsatadigan matnlar.
Yangilangan: 2026-11-20