Oyatlar
وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبۡ لَنَا مِنۡ أَزۡوَٰجِنَا وَذُرِّيَّـٰتِنَا قُرَّةَ أَعۡيُنٖ وَٱجۡعَلۡنَا لِلۡمُتَّقِينَ إِمَامًا
Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko`zimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo`lboshchi qil», deydiganlardir.
Al-Furqan 25:74
رَبِّ ٱجۡعَلۡنِي مُقِيمَ ٱلصَّلَوٰةِ وَمِن ذُرِّيَّتِيۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلۡ دُعَآءِ
Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to`kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin.
Ibrahim 14:40
هُنَالِكَ دَعَا زَكَرِيَّا رَبَّهُۥۖ قَالَ رَبِّ هَبۡ لِي مِن لَّدُنكَ ذُرِّيَّةٗ طَيِّبَةًۖ إِنَّكَ سَمِيعُ ٱلدُّعَآءِ
Shu chog`da Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, menga O`z huzuringdan yaxshi zurriyot bergin. Albatta, Sen duoni eshituvchisan», – dedi.
Ali 'Imran 3:38
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَٱتَّبَعَتۡهُمۡ ذُرِّيَّتُهُم بِإِيمَٰنٍ أَلۡحَقۡنَا بِهِمۡ ذُرِّيَّتَهُمۡ وَمَآ أَلَتۡنَٰهُم مِّنۡ عَمَلِهِم مِّن شَيۡءٖۚ كُلُّ ٱمۡرِيِٕۭ بِمَا كَسَبَ رَهِينٞ
O`zlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qo`shdik va ularning amallaridan hech narsani kamaytirmadik. Har bir kishi o`z kasbi garovidir
At-Tur 52:21
قَالَ هَلۡ ءَامَنُكُمۡ عَلَيۡهِ إِلَّا كَمَآ أَمِنتُكُمۡ عَلَىٰٓ أَخِيهِ مِن قَبۡلُ فَٱللَّهُ خَيۡرٌ حَٰفِظٗاۖ وَهُوَ أَرۡحَمُ ٱلرَّـٰحِمِينَ
U: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning O`zi eng yaxshi muhofazachi va Uning O`zi rahimlilarning eng rahimligidir», – dedi.
Yusuf 12:64
فَلَمَّا وَضَعَتۡهَا قَالَتۡ رَبِّ إِنِّي وَضَعۡتُهَآ أُنثَىٰ وَٱللَّهُ أَعۡلَمُ بِمَا وَضَعَتۡ وَلَيۡسَ ٱلذَّكَرُ كَٱلۡأُنثَىٰۖ وَإِنِّي سَمَّيۡتُهَا مَرۡيَمَ وَإِنِّيٓ أُعِيذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ ٱلشَّيۡطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ
Uni (Maryamni) tuqqan chog`ida: «Ey Robbim, men buni qiz tug`dim-ku!!» – dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o`g`il qizdek emas. Va men unga «Maryam» deb nom qo`ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilarman.»
Ali 'Imran 3:36
إِنَّ عِبَادِي لَيۡسَ لَكَ عَلَيۡهِمۡ سُلۡطَٰنٞۚ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ وَكِيلٗا
Albatta, Mening bandalarim ustidan sening sultoning yo`q. Robbing O`zi vakillikka kifoyadir.
Al-Isra 17:65
رَبَّنَا وَأَدۡخِلۡهُمۡ جَنَّـٰتِ عَدۡنٍ ٱلَّتِي وَعَدتَّهُمۡ وَمَن صَلَحَ مِنۡ ءَابَآئِهِمۡ وَأَزۡوَٰجِهِمۡ وَذُرِّيَّـٰتِهِمۡۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ
Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih bo`lganlarini ham O`zing ularga va'da qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening O`zing aziyzu o`ta hikmatli zotsan.
Ghafir 40:8
رَّبَّنَآ إِنِّيٓ أَسۡكَنتُ مِن ذُرِّيَّتِي بِوَادٍ غَيۡرِ ذِي زَرۡعٍ عِندَ بَيۡتِكَ ٱلۡمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱجۡعَلۡ أَفۡـِٔدَةٗ مِّنَ ٱلنَّاسِ تَهۡوِيٓ إِلَيۡهِمۡ وَٱرۡزُقۡهُم مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمۡ يَشۡكُرُونَ
Ey Robbimiz, haqiqatda men o`z zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to`kis ado etishlari uchun. Bas, O`zing odamlardan ba'zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar
Ibrahim 14:37
Arabcha matn: Tanzil.net. Ma’nolar tarjimasi: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Bu oyatlarni qulflangan ekranga qanday chiqarish mumkin
- Quran Widget ilovasini App Store yoki Google Play’dan o‘rnating.
- Ilovani oching va «Bolalar uchun xavotir» holatini tanlang.
- «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing.
- Vidjet har kuni «Bolalar uchun xavotir» ichidan bitta kartochka ko‘rsatadi — telefonni har olganingizda ko‘z oldingizda bir oyat turadi.
Obunasiz o‘zingiz tanlagan bitta holat ochiq; Premium qolganlarini ochadi.
Quran Widget iPhone va Android’da bir xil ishlaydi: holatni tanlang, vidjet uning oyatlarini ko‘rsatadi. Android versiyasida holatlarning o‘z ro‘yxati bor, shuning uchun ayrim nomlar farq qiladi.
Savol-javoblar
Quran Widget «Bolalar uchun xavotir» ichida birinchi qaysi oyatni ko‘rsatadi?
Al-Furqan 25:74: «Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko`zimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo`lboshchi qil», deydiganlardir.»
Bu oyatlarni qulflangan ekranga chiqarsa bo‘ladimi?
Ha. iPhone’da Quran Widget’da «Bolalar uchun xavotir»ni tanlang va «Qur'on oyati» vidjetini qulflangan ekranga yoki bosh ekranga qo‘shing — u kuniga bitta kartochka ko‘rsatadi. Android’da Quran Widget’da holatni tanlang va oyat vidjetini bosh ekranga qo‘shing — u shu holatning oyatlarini ko‘rsatadi.
Bu yerda kimning tarjimasi keltirilgan?
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma’nolar tarjimasi, arabcha matn — Tanzil.net. Bular ilovaning o‘zi ko‘rsatadigan matnlar.
Yangilangan: 2026-11-20